» » LIVE: REAL MADRID VS CELTA
Yangilik haqida ma'lumot
  • Ko'rilgan: 11948
  • Muallif: RonalMadrid
  • Sana: 6-12-2014, 23:36
6-12-2014, 23:36

LIVE: REAL MADRID VS CELTA

Toifasi: YANGILIKLAR / MATNLI TRANSLIYATSIYA / LA LIGA

LIVE: REAL MADRID VS CELTA
Hurmatli sayt foydalanuvchilari, bugun saytimiz yana o'z ish faoliyatini boshlaydi. Siz uchun saytimizni kompyuter ko'rinishida bir muncha chiroyli effektlar qo'yildi.

Bugun "Real Madrid" o'z uyida "Celta" klubini o'z sinovidan o'tkazib ko'radi. Ikkala jamoa uchun ham 3 ochko kerak. Asosiy tarkiblarni o'yin boshlanishidan biroz avval e'lon qilib o'tamiz.

O'yini matnli transliyatsiya qilish rejamizda bor.

"Real Madrid": 1 Casillas; 3 Pepe; 4 Ramos; 7 Cristiano Ronaldo; 8 Kroos; 9 Benzema; 10 James; 11 Bale; 12 Marcelo; 15 Carvajal; 24 Illarra;


Zahirada: 13 Keylor Navas; 2 Varane; 5 Coentrão; 14 Chicharito; 17 Arbeloa; 18 Nacho; 26 Medrán.



























0' Bir necha daqiqalardan so'ng Madridning "Real" klubi "Celta"ni qabul qilib oladi
1 O'yin boshlandi
1 Hozircha faqat Real futbolchilar oldinga qarab yurish qilishdi, lekin Bale o'z qanotidan oshirgan pasi noaniq
4' To'p nazorati Real futbolchilarida
4' Ronaldo hozir tezlik olib futbolchilarni aldashga kirishgan edi, lekin o'xsh
7' Celta futbolchilari Realni chap qanot himoyasidan to'pni markazga oshirib berishgan edi, lekin juda noaniq uzatma
9 Real futbolchilari o'ng qanotdan ajoyib hujum uyishtirishdi. Carvajal maydon markazidagi Ronaldo tomonga to'pni oshirdi, lekin burchak zarbasi. Burchak zarbasini Toni Kroos amalga oshirdi. Havfli vaziyaat! Ramos ochiq qolgan darvozaga to'pni yo'llay olmadi
11 Burchak zarbalari Real ijrosida juda havfli chiqmoqda. Hozir chap qanotda Ronaldo tomonga oshirilgan to'pni Cristiano boshi bilan o'zida sal orqaroqda turgan Balega oshirib berdi. OFFSAYD!!!
12 James qarshi hujumga chiqib ketdi, markazdagi Ronaldo tarafga oshirdi ham lekin Celta himoyachisi Cristianoga imkon qoldirmadi
14 Sekin asta Celta futbolchilar jonlanishmoqda
15 Santiago Bernabeuda yomg'ir yog'moqda. Bu esa futbolchilarga halaqit bermoqda
17 uuuuuuh qanday zarba Ronaldooooo! Illara oshirib bergan to'pni Ronaldo "qaychi" uslubida juda chiroyli zarba berdi lekin biroz noaniq. Zarba juda kuchli chiqqan edi
20 O'yinda havfli vaziyatlar ko'p bo'lmoqda, lekin hozircha tomonlar bir-birilarini hafa qilishmayapti
20 Bale va Benzema hozir ajoyib harakat bilan burchak ishlab olishdi
22 Jarima maydonchasi yaqinida Cristiano Ronaldoni yiqitishdi. Jarima zarbasi
23 Bale bergan jarima zarbasi ancha noaniq bo'ldi
25 Celta futbolchilari qandaydir havotir bilan o'ynashmoqda, zarba berish kerak bo'lgan bir paytda ham oshirib yuborishmoqda
26 Ronaldo yana bir havfli zarbani berdi, darvozabon yaxshi harakat qildi
29 Benzemaning harakati va Jamesning o'ziga hos pasi orqali Real yana burchak ishlab oldi
31 Celta futbolchilari Realni qarshi hujumda ushlashni niyat qilishganligi ko'rinib qolmoqda
32 Ronaldo Jamesga uzatma berdi, James esa unchalik qulay bo'lmagan nuqtada bo'lsa ham ancha yaxshi zarba berdi, darvozabon esa o'z joyida ajoyib harakat qildi
33 Penaltiiiiii! ohir Ronaldo o'z niyatiga erishdi
34 Gooooooollll! RONALDOOOOO! 21-gol muborak!!!
37 Undiano Mallenko Jamesga sariq kartochka ko'rsatdi
38 James to'pni paslatib zarba berdi, zarba chiroyli va aniq chiqdi, darvozabon ham aniq o'ynadi.
40 Benzema ajoyib ochilib borayotgan Marceloga to'pni oshirdi, Marceloning qaytarib oshirib bergan to'pini esa hech qaysi Real futbolchisi darvozaga yo'llay olmadi
42 Baribir Celta futbolchisi Iker darvozasiga zarba berdi-yu, lekin buni zarba ham deb bo'lmasdi, rikashet bilan burchakka chiqib ketdi
45 Ramos o'zining jarima maydonchasi yaqinida qoida buzdi. Celta futbolchilarida yaxshi vaziyat
45 O'yinga 1 daqiqa qo'shib berildi
45 2-taym boshlandi
46 Celta klubining 14-raqamli futbolchisi hozir ancha havfli zarba berdi. Noaniq!
49 Maydon markazida havodagi kurashda Ramos qoida buzdi
50 Benzema hozir ajoyib pas bilan Ronaldo birga-bir vaziyatga olib chiqdi lekin.. lekin ofsayd
51 James o'zini almashtirishlarini so'ramoqda
52 Maydonga yaqindagina "qopqora soqollaridan" ayirlgan Alvaro Arbeloa maydonga tushdi
55 Illarra Baleni jarima maydonchasi markaziga qarab yugirayotganini ko'ridi, pas ham berdi, lekin yana ofsayd!
58 Celta hozir ajoyib va juda kuchli pressing qila olmoqda
60Marcelo hozir Ronaldoga ajoyib pas bergan edi, agar Ronaldo to'pni to'xtatmasdan zarba berganida unda havfli vaziyat bo'lar edi, lekin u to'pni to'xtatib oshirib yubordi
61Pepe hozir qarshi hujumda ajoyib harakati bilan Baleni ajoyib vaziyatga olib chiqdi, Bale ham darvozabon turgan joyga zarba berdi. Eh Bale!
62 Real futbolchilari bugungi o'yinda 381 ta uzatma berishga erishmoqda ularning 291 tasi esa aniq
64 Goooooooalll! RONALDOOOO ! DUBL!!!
67 Hozir Real jarima maydonchasining shundoq yonginasida juda katta to'qnashuv bo'lib o'tdi. Jabirlanuvchilar esa Pepe va Illarra, Celta futbolchilarining 1 nafari ham yerda Pepeni kutib oldi
70 Celta futbolchisi Ramos bilan havodagi kurashda jarohat olgan ko'rinadi. Iker darvozasi yonida Celta futbolchisiga tibbiy yordam berilmoqda.
73 Hozir Carvajalning aql bovar qilmas pasi evaziga Karim birga-bir vaziyatga ham chiqdi, lekin o'ziga hos bo'lmagan "parashut" usulida zarba berdi bu esa darvozabonga qiyinchilik tug'dirmadi. Agar sheriklariga oshirganda Bale va Ronaldo ajoyib holatda turishgan edi
77 Chap qanotda Ramos hujumga otlanga bir vaqtda unga nisbatan qo'pollik qilindi
78Toni Kroos jarimani amalga oshirdi, to'p Balega keldi uning boshi bilan bergan zarbasini darvozabon ushlab qoldi
80 Benzema o'rniga Fabio Coentrao maydonga tushdi
80Gooooooooallll! XET-RIK!!! RONALDOOOOOOO!!
84 Cristiano Ronaldo o'rniga "CHICHARITO" maydonga tushirildi. Chunki Ronaldo biroz avval jarohat olishiga ozgina qolgan edi. Murabbiy uni asradi
88 O'yin taqdiri allaqachon hal etilgan ko'rinadi.
89 Kroos ham uzoqroq masofadan o'z omadni sinab ko'rdi
90 O'yin 3 daqiqa qo'shib berildi
90+3 Bo'ldi, "Real Madrid" 3 ta gol bilan 3 ochkoga erishdi.

 



Yangilash

RonalMadridскачать dle 10.3Скачать игры для Android
Hurmatli foydalanuvchi siz ro'yxatdan o'tmagansiz.
Ro'yxatdan o'tishni tavsiya etamiz !!
Ortga Oldinga
Ma'lumot
Hurmatli,siz Mehmon (R) sifatida saytga kirgan foydalanuvchilar yangiliklarga sharx qoldira olmaysiz.