» » "REAL MADRID" - "LEVANTE". LIVE
Yangilik haqida ma'lumot
  • Ko'rilgan: 10537
  • Muallif: RonalMadrid
  • Sana: 17-10-2015, 18:01
17-10-2015, 18:01

"REAL MADRID" - "LEVANTE". LIVE

Toifasi: MATNLI TRANSLIYATSIYA / LA LIGA

 
Real Madrid

3:0

Live
Levante
Bugun "Real"  o'z uyida "Levante" klubini qarshi oladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. Quvonarli xabar, Danilo o'yin qaydnomasidan joy olgan.
 
 "Real Madrid": 1.Keylor Navas 2.Varane 6.Nacho 7.Cristiano Ronaldo 8.Kroos 11.Bale 12.Marcelo 14.Casemiro 16.Kovacic 22.Isco 23.Danilo
Zahirada: 13.Casilla 18.Lucas Vázquez 20.Jesé 21.Cheryshev 28.Marcos Llorente 29.Borja Mayoral32. Lienhart.
0' Uchrashuv hali boshlanmagan!
1' Uchrashuv boshlandi!
2'

"Real" to'p nazoratini boshqarishda davom etmoqda

4'

"Levante" bugungi o'yinda hujumga alohida e'tibor beradi shekil. Sababi jamoa hujumga chiqganda tarkibdagi 5 nafar futbolchi hujum tomon oldinlamoqda. Ular birinchi bo'lib zarba berishga ulgurishdi.

5'

Markaz qanotga yaqin bo'lgan nuqtasida Ronaldoni qo'pllik bilan yiqitishdi. Jarima zarbasi

7'

Marcelo o'z qanotida markadagi Ronaldoga to'p oshirdi, lekin ofsayd!

8'

Bale havodan kelayotgan to'pni to'xtatmasdan zarba berdi va kuchli zarb osmonga qarab yo'l oldi

11'

Marcelo chap qanotda pas bergan edi, lekin Ronaldo bu to'pni o'zgicha yetib kelishga ishonmagani sabab to'p undan o'tib ketdi

12'

Chap qanotda yana Ronaldo yiqitishdi. JARIMA zarbasi

14'

Danilo o'yinga kirishib ketish uchun ko'p harakat qilmoqda.

Casemiro uzoq masofadan turib zarba berdi. Lekin noaniq!

15'

Juda ko'p uzatmalar, paslar bekor ketmoqda ko'plari noaniq ketmoqda.

16'

Jarima maydonchasida Cristiano yiqildi, hakam esa jim!

17'

Isco va Marcelo chap qanotda juda faol harakatdalar

20'

Bale bir chap qanotda bir o'ng qanotdan turib markaz tomon uzatmalar bermoqda.

21'

Daniloning berayotgan paslari aniq bormayapti. Unga vaqt va o'yin amaliyoti kerakligi ko'rinib qolmoqda

23'

Kroos o'ng tomondagi burchak zarbasini oshirdi, uzatma to'pa-to'g'ri Bale tomonga aniq yetib bordi. Lekin Balega biroz  omad kelmadi.

24'

Casemiro raqibi  tomon sovuqqonlik bilan borib to'pni chiqarib yubordi

26'

Uh qanday vaziyat! "Real" himoyachilari hozir hatollikka yo'l qo'yishdi. Yaxshi hamki "Levante" futbolchisining zarbasi o'xshamadi

26'

Goooooooooaaaal! MARCELOOO!!!!

27'

Marceloning o'zi to'pni olib qo'ydi, Cristianoga oshirdi, Ronaldo to'pni qaytirib berdi. Chiroyli gol!

28'

UUUH qanday seyf!! NAVAS! deyarli gol bo'ladigan vaziyatda Keylor "Real"ni qutqarib qoldi.

29'

GooooooooAAAAAALLL! CRISTANOOOOOOOOOOOOOO! Jarima maydonchasi tashqarisidan aniq, kuchli zarba!

30'

O'yin ruhi keskin ravishda ko'tarilib ketti!

32'

O'yin birozga to'xtab qoldi. "Levante" futbolchisi jarohat olgan ko'rinadi. Uni maydon tashqarisiga olib chiqib ketishdi

36'

Danilo hozir to'pni oldirib qo'ydi. Hujum zarba bilan tugadi yana bir bor NAVAS!

38'

Casemiro bugungi o'yinda o'zini juda yaxshi ko'rsatmoqda. Casemiro Bale tomon ajoyib uzatma bergan edi. Lekin BALE bahsli ofsaydda!!!!!

41'

Keylov Navas ko'z tegmasin, ajoyib formada :)

42'

Eh hozir Marcelo ofsaydda qolib ketgan Bale tomon pas berdi. Sal vaqtliroq ushbu pas berilganda juda havfli vaziyat ko'rar edik

44'

Kovacic to'pni oldirib qo'ygandan so'ng, qaytarib olish uchun qo'pollik ishlatdi. Unga sariq kartochka ko'rsatildi!

45'

1-taym o'z yakuniga yetdi

45'

Gareth Bale o'riniga Lucas Vázquez maydonga tushdi.

45'

2-taym boshlandi

51'

O'yin hali biror ko'zga tashlangudek vaziyat bo'layotgani yo'q. Faqat qo'polliklar!

52'

"Levante" safida o'zgarish bo'lmoqda

55'

Hozir Kroos o'zi hujum boshladi va uning o'zi uncha kuchli bo'lmagan zarba bilan tugatdi

57'

Kovacic jarima to'pini ishlab berdi. Cristiano uchun qulay nuqta!

58'

Cristiano bergan zarba to'pa-to'g'ri darvozaboning qo'liga borib tushdi.

59'

Lucas Vázquez juda faol harakat qilmoqda

60'

Marcelo hozir chap qanotda juda chiroyli pas berdi, Lucas Vázquez esa to'xtatmasdan zarbaga o'xshash pas berdi yoki bu aniq zarba edi. Nima bo'lganda ham to'p maydoni tark etdi.

62'

"Levante" futbolchisi hozir uzoq masofada turib Navasni yana bir bor sinab ko'rishdi

63'

Isco gol urishga harakat qilyapt-yu, lekin hech o'xshamayapti!

65'

"Levante" futbolchisi Navasning yonigacha yugirib kelib darvozabonga juda yaqin kelgandagina havoda zarba berdi Navas to'pni yuzlari bilan qaytarib qoldi. Havfli vaziyaaaat!

66'

Lucas Vázquez oshirgan to'p Isco tomon borayotgan bir paytda Cristiano to'pga teginib uning yo'nalishini o'zgartirib yubordi. Natijada Isco to'pda quruq qoldi.

68'

Maydonga Jese tushishga tayyorgarlik ko'rqmoda

69'

Isco o'riniga  Jese maydonga tushdi

72'

"Levante" futbolchisini shifokorlar yordami maydonda

73'

Cristianoning omadi bir keldiyu, endi yana o'sha holat...

74'

"Levante" tarkibida o'zgarish

75'

Ronaldo bir futbolchini aldab o'tdi lekin to'pni maydonda saqlab qola olmadi.

76'

Kovacic o'riniga Marcos Llorente maydonga tushdi

78'

"Levante" burchak zarbasini ishlab oldi.

79'

Jese hozir chap qanotda ajoyib uzatma bergan edi  Ronaldoning boshi bilan bergan zarbasi noaniq.

81'

GOOOOOAAAAL! JESEEEEE!!!!!

84'

"Levante" futbolchilari galma-galda uzoq masofadan zarba yo'llashmoqda. Barchasi noaniq!!

85'

LUCAS hozir juda havfli zarba yo'lladi!

90'

Ronaldo raqib jarima maydonchasi havfli o'yin ko'rsatdi.

91'

Madridda yaxshigina yomg'ir yog'moqda. Muhlislar stadiondagi muhlislar soni ancha kamayib qolgani sezilmoqda.

93'

O'yin o'z yakuniga yetdi. Barchani ishonchli, yirik g'alaba bilan tabriklaymiz!

 

Yangilash

 
RonalMadrid
скачать dle 10.3Скачать игры для Android
Hurmatli foydalanuvchi siz ro'yxatdan o'tmagansiz.
Ro'yxatdan o'tishni tavsiya etamiz !!
Ortga Oldinga
Ma'lumot
Hurmatli,siz Mehmon (R) sifatida saytga kirgan foydalanuvchilar yangiliklarga sharx qoldira olmaysiz.