» » ZIDAN: BIZ JANGGA TAYYORMIZ
Yangilik haqida ma'lumot
  • Ko'rilgan: 1739
  • Muallif: Fenómeno
  • Sana: 12-02-2018, 19:15
12-02-2018, 19:15

ZIDAN: BIZ JANGGA TAYYORMIZ

Toifasi: INTERVYU


Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan Parij klubiga qarshi o'yin oldidan:
 
- "Real"ni bir umr boshqarmasligimni tushunaman, ammo o'z vaqtida bu jamoani boshqarishga qaror qildim. Og'ir damlar bo'lganida, albatta, men futbolchilarimni ayblashga tushmayman. Men batamom klubdagi vaziyatga javobgarlikni o'z zimmamga olaman. 
 
Biz g'alaba qozona boshlashimiz zarur, bu tanqidchilarni jim qilishning yagona yo'li. Ulkan klubda yoki doim yutishing kerak, yoki seni hamisha tanqid qilishadi.
 
"PSJ"? Ular joyida turib qolgani yo'q, har doim rivojlanmoqda. Ular ajoyib mavsum o'tkazmoqda, men bundan umuman xayratda emasman. Emeri yaxshi ishlamoqda, uning natijasini o'zi bu haqda gapiradi. Biz "PSJ" bilan qarama-qarshilikka tayyormiz. Endi faqat shu o'yin haqida o'ylaymiz. Biz uchun bu o'yin - qo'shimcha turtkiga navbatdagi chaqiruv.
 
 
Fenomeno
скачать dle 10.3Скачать игры для Android
Hurmatli foydalanuvchi siz ro'yxatdan o'tmagansiz.
Ro'yxatdan o'tishni tavsiya etamiz !!
Ma'lumot
Hurmatli,siz Mehmon (R) sifatida saytga kirgan foydalanuvchilar yangiliklarga sharx qoldira olmaysiz.