» » RESHKE: HAYNKESS KROOSNI OLIY DARAJADAGI FUTBOLCHIGA AYLANTIRDI
Yangilik haqida ma'lumot
29-12-2016, 22:10

RESHKE: HAYNKESS KROOSNI OLIY DARAJADAGI FUTBOLCHIGA AYLANTIRDI

Toifasi: INTERVYU


Leverkuzenning "Bayer” jamoasi sobiq bosh murabbiyi, hozirda "Bavariya”da seliksioner-murabbiy sifatida ish olib borayotgan Mixael Reshke, Toni Kroosning rivojlanishida "Bavariya” jamoasi sobiq ustozi Yupp Xaynkesning roli katta bo’lganligini ta’kidlab o’tdi.
 

- 15 yoshli Kroosni "Bayer”ga olib kelishga qaratilgan mening birinchi urinishim samarasiz bo’ldi. Lekin, Xyoness uni "Bavariya”ga o’tishga ko’ndira oldi. Kroosning yuksalishida Haynkessning mehnatlari katta, shuning uchun unga minnatdorchilik bildirish lozim. U undan nimalar kutayotganini hamda futbolchi qanday harakat qilishi lozimligini ajoyib tarzda tushuntira oldi. Natijada, Haynkess Kroosni mahoratli futbolchidan, oliy darajadagi futbolchiga aylantirdi, – deya Reshkening so’zlaridan iqtibos keltiradi "Kicker”.

 
 
Diamond_of_the_Real
скачать dle 10.3Скачать игры для Android
Hurmatli foydalanuvchi siz ro'yxatdan o'tmagansiz.
Ro'yxatdan o'tishni tavsiya etamiz !!
Ma'lumot
Hurmatli,siz Mehmon (R) sifatida saytga kirgan foydalanuvchilar yangiliklarga sharx qoldira olmaysiz.