» » U BUYUM EMAS — ISTAGANDA OLIB, ISTAGANDA TASHLAB YUBORADIGAN ! ! !
Yangilik haqida ma'lumot
  • Ko'rilgan: 3652
  • Muallif: Fenómeno
  • Sana: 21-01-2018, 08:54
21-01-2018, 08:54

U BUYUM EMAS — ISTAGANDA OLIB, ISTAGANDA TASHLAB YUBORADIGAN ! ! !

Toifasi: BLOG

 

Hozir futbolning tirik afsonasi Krishtianu Ronaldu tanqidlar girdobida qolib ketgan. To'g'ri, u o'ziga o'xshamayapti, berilgan imkoniyatlardan o'z darajadasida foydalanmayapti. Nega? U qaridimi? Sovrinlardan to'ydimi? Yo'q! Krishtianu hech qachon ishiga mas'uliyatsizlik bilan qaramagan, sovrinlar esa uni ishtahasini ochaveradi, tanqidlarga esa maydonda javob beradi. Ba'zan ayrim "Real" muxlislari jamoa va futbolchilarni shunchalik tanqid qilishadiki, hatto futbol muxlisi ekanligiga shubha qilasan kishi. Hozir Ronalduda emas, butun jamoada kichik inqiroz davrdi!
 
 

Esingizdami, 2016-yil yanvarigacha Benites boshchiligidagi jamoaga, xususan, Ronalduga hech kim ishonmagan, muxlislar butun klub tizimini tanqidga olib, birorta sovrindan umid qilishmagandi. Yakunda esa Chempionlar ligasida zafar quchildi. 
 
 
Esingizdami, o'tgan mavsum ham Ronaldu kuchsiz o'yin bilan mavsumni boshlagan, biroq mavsum so'nggida daxshatli formaga kirib, birin-ketin muhim o'yinlarni gollar shodasi bilan hal etib, Chempionlar ligasi kubogini tarixda ilk bor "Real"ning ikki bor yutib olishiga bevozasida ulkan hissa qo'shgandi.
 
 

Esingizdami, yaqindagina, uni barcha qo'llarida ko'tarib, osmonga maqtab chiqarishayotgandi, bugun esa uni ko'rgani go'yo ko'zlari yo'q, hatto ketishini istashmoqda.
 
 

Esingizdami, Messi ketma ket "Oltin to'p"larni yutib olganda, kurashdan to'xtamay, o'z ustida ishlab so'nggi 5 yilda 4 bor ushbu nufuzli sovrinni dunyo ahliga ko'z-ko'z qilgandi.
 
 

Esingizdami, uni kechagina futbol qiroli deya e'zozlab, sovrinlar va ko'p sonli rekordlar egasi-yu, ularni boshqalar yangilay olmasligini ovoza qilib, bugun bu haqda batamom unutishib qo'yishdi.
 
Ha, futbol muxlislarining xotirasida juda qisqa! Barcha g'alaba va sovrinlarni tinimsiz yutishlarini xohlaydi, ammo o'z hayotlari misolida to'siqlar, "qora chiziqlar" albatta bo'lishini yodlaridan chiqarishdi. Birgina Ronalduga emas, butun jamoaga hozir madad kerak, xushtakbozlik emas, olqishlar zarur. Futbol - bu bir kishi emas, 11 sportchidan iborat jamoaviy o'yin, lozim bo'lsa, muxlislar mubolag'a qilib aytilganidek 12-futbolchidir!
 

Hali hech qaysi klubda yo'q natijalarni, zavqli onlarni taqdim etgan jamoa ham, Ronaldu ham bunday munosabatlarga munosib emas. Ba'zi klub ishqibozlari oylab, yillab, bir necha o'n yillab ham bittagina sovrin kutib yashaydi-yu, nega endi biz bir mavsum (hatto u hali tugamagan bo'lsa ham) sabr qila olmaymiz. Futbolchilar temir emas, ular ham inson ekanligini, biz ham insoniylik fazilatlarimizni unutib qo'ymaylik, azizlar!!!
 
 
Fenomeno
скачать dle 10.3Скачать игры для Android
Hurmatli foydalanuvchi siz ro'yxatdan o'tmagansiz.
Ro'yxatdan o'tishni tavsiya etamiz !!
<
Realfansuz

27 Yanvar 2018 12:13

Sharx haqida ma'lumot
  • Guruh: Mehmon (R)
  • Ro'yxatdan o'tish: --
  • Status:
  • Yangilik soni: 0
  • Sharx: 0
Real Madrid ashaddiy fanatlarni http://realfans.uz saytiga taklif qilamiz! Real Madrid tezkor xabarlari va qiziqarli loyihalar video foto layhalar,siz ham madristlar safiga qo'shil! Oddiy tushunarli qulay sayt! http://realfans.uz
<
u1510360

24 Yanvar 2018 12:22

Sharx haqida ma'lumot
  • Guruh: Foydalanuvchi (R)
  • Ro'yxatdan o'tish: 24.01.2018
  • Status: To'xtatilgan foydalanuvchi
  • Yangilik soni: 0
  • Sharx: 1
To`grisini aytsam manam shu jamoa va shu futbolchini muxlisiman
Lekin mani fikrimcha bugungi va bundan oldingi bo`layotgan tanqidlarning barchasiga ranolduni ozini aybdor deb hisoblayman
chunki bunday omadsiz vaziyatlar va vaqtlar hammaning boshida bo`ladi misol uchun messi ham shu kabi vaziyatlarni tez tez boshidan otkazib turadi lekin muxlislar va qolganlar ronalduga bisim otkazganlari kabi messiga bunday vaziyatlga bosim o`tqazishmaydi sezgan bo`lsangiz
SABABI ronaldu o`ta mahtonchoq va shuning uchun ham uni odamlar siquvga ko`proq olishadi
<
Xöja777

24 Yanvar 2018 07:34

Sharx haqida ma'lumot
  • Guruh: Foydalanuvchi (R)
  • Ro'yxatdan o'tish: 6.02.2017
  • Status: To'xtatilgan foydalanuvchi
  • Yangilik soni: 0
  • Sharx: 185
Bitta Ronaldoni qadriga yetidigonla uchun yil sarhisobi deb xudo xohlasa Real ChL Qirol Cuboki CCh Supper Cubokni yutib Ronaldo yana gollani taxlagandan keyn yozila wunaqa narsa iloji bosa yuregini tewib ötib ketsin Ronaldoni ketsin deganla öqib u gaplani.
<
RMA_Realist

23 Yanvar 2018 22:05

Sharx haqida ma'lumot
  • Guruh: Foydalanuvchi (R)
  • Ro'yxatdan o'tish: 13.10.2017
  • Status: To'xtatilgan foydalanuvchi
  • Yangilik soni: 0
  • Sharx: 42
GAP YO RONALDOGA O'FDDFC
<
bek REAL bek

23 Yanvar 2018 13:02

Sharx haqida ma'lumot
  • Guruh: Foydalanuvchi (R)
  • Ro'yxatdan o'tish: 4.02.2015
  • Status: To'xtatilgan foydalanuvchi
  • Yangilik soni: 0
  • Sharx: 89
1000% to‘g‘ri . Ba‘zi bir shomdan keyingi muhlislar o‘zicha chiqitga chiqarib qo‘yaveradi . Bunday vaziyat xatto Zidan va Ronaldolar davrida ham bo‘lgan
<
Fenómeno

22 Yanvar 2018 11:58

Sharx haqida ma'lumot
  • Guruh: Administrator (R)
  • Ro'yxatdan o'tish: 23.11.2014
  • Status: To'xtatilgan foydalanuvchi
  • Yangilik soni: 4645
  • Sharx: 529
Asl muxlislar
<
saxa

21 Yanvar 2018 23:07

Sharx haqida ma'lumot
  • Guruh: Foydalanuvchi (R)
  • Ro'yxatdan o'tish: 21.01.2018
  • Status: To'xtatilgan foydalanuvchi
  • Yangilik soni: 0
  • Sharx: 3
bular buyuk futbolchilar men realni haqiqiy muxlisiman yutqizganda ham yutganda ham kamanda bn birgaman futbol shunday goh g`alaba goh mag`lubiyatdan iborat
<
998911949897

21 Yanvar 2018 22:38

Sharx haqida ma'lumot
  • Guruh: Foydalanuvchi (R)
  • Ro'yxatdan o'tish: 24.12.2017
  • Status: To'xtatilgan foydalanuvchi
  • Yangilik soni: 0
  • Sharx: 12
Realning ko'pgina muhlislari (hammasi emas) noshukur ular real yutganda qarsak chaladi yutqazganda esa hushtak chalishadi ular faqat real yutgan vaqt realga muhlislik qiladi bugun deportivoga qarshi o'yinda ham bunga isbot beyl 2 ta gol urdi almashtirilayotganida hamma qarsak chaldi benzema tushdi hushtak chaldi beylni yaqindagina stadiondan hushtak chalib kuzatadigan muhlislar bugun qarsak chalishdi .Realni hamma omadsizliklariga shu muhlislari sababchi .Omadi kelmagan taqdirda ham ularni qo'llab quvvatlab turganida ular bunchalik tushkinlikga tushib bunaqa omadsizliklarga uchramagan bo'lishar edi.
<
Asrbek

21 Yanvar 2018 09:58

Sharx haqida ma'lumot
  • Guruh: Foydalanuvchi (R)
  • Ro'yxatdan o'tish: 18.03.2016
  • Status: To'xtatilgan foydalanuvchi
  • Yangilik soni: 0
  • Sharx: 342
yo'q Ronalduni hech kim bunday unutib yuborgani yuq unga har doim men omad tilaganman togri u mashina emasku u ham 32 ni qarshiladi yaqinda fevralda 33 ni qarshilaydi shu yoshda ham shunday uynayapti hali kurasilar hal qiluvchi vaziyatlarda uzini kursatadi yani Chempionlar ligasida va MUNDIALDA
Ma'lumot
Hurmatli,siz Mehmon (R) sifatida saytga kirgan foydalanuvchilar yangiliklarga sharx qoldira olmaysiz.